» » Toronto aeroportida ikkita samolyot o‘zaro to‘qnashib ketdi

Toronto aeroportida ikkita samolyot o‘zaro to‘qnashib ketdi


Lester Pirson nomidagi Toronto xalqaro aeroportida ikkita samolyot o‘zaroq to‘qnashib ketdi. Bu haqda aeroportning Twitter’dagi rasmiy sahifasiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

To‘qnashuv aeroportning 3-terminalida sodir bo‘lgan va noxush hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

WestJet aviakompaniyasining ma’lum qilishicha, bortida 168 nafar yo‘lovchi hamda olti nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan Boeing 737-800 samolyoti Kankunga uchish arafasida Sunwing kompaniyasining samolyoti bilan to‘qnashib ketgan.

Qutqaruv xizmati xodimlarni barchani evakuatsiya qilishga muvaffaq bo‘lgan.

WestJet’ning aniqlik kiritishicha, to‘qnashuv oqibatida samolyotlarning qanot va dum qismlariga shikast yetgan.

CTV telekanalining ma’lumotlariga ko‘ra, Sunwing havo kemasi bortida yong‘in boshlangan bo‘lib, hozirda voqea joyida o‘t o‘chiruvchilar ishlamoqda.

Опубликовано: admin (6-01-2018, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют