» » Britaniyalik olim Stiven Xoking 77 yoshida vafot etdi

Britaniyalik olim Stiven Xoking 77 yoshida vafot etdi


Britaniyalik fizika olimi Stiven Xoking 77 yoshida vafot etdi, deb yozadi The Guardian. Bu ma’lumotni olimning oilasi tasdiqlagan.

“Otamiz bugun (14-mart) olamdan o‘tganidan chuqur qayg‘udamiz”, — dedi Xokingning farzandlari Lyusi, Robert va Tim.

Xoking 1988-yilning aprelida “Vaqtning qisqacha tarixi” ilmiy-ommabop kitobi chop etilgach, mashhur bo‘lib ketgan edi. Kitob o‘nlab tillarga tarjima qilingan va 10 millionta nusxada nashr etilgan.

Olim 22 yoshdaligida, 1963-yili unga “yonbosh amiotrofik sklerozi” tashxisi qo‘yilgan. O‘shanda shifokorlar uning bor-yo‘g‘i 2—3 yil yashashini bashorat qilgandi. Ammo u uzoq yillar nafaqat ilm-fan bilan mashg‘ul bo‘ldi, balki ikki marta uylanib, uch farzandning otasi bo‘lishga ham ulgurdi.

Stiven Xoking butunlay falaj bo‘lib qolganiga qaramay, faol turmush kechirardi, kompyuter nutq sintezatori orqali dars o‘tardi, nutq so‘zlardi, dunyo ahli bilan muloqotda bo‘lardi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2018, 10:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют