» » iPad Pro hamda iPhone 2018 haqida yangi ma’lumotlar e’lon qilindi

iPad Pro hamda iPhone 2018 haqida yangi ma’lumotlar e’lon qilindi


Tayvanning Economic Daily News jurnalida yozilishicha, Apple kompaniyasi joriy yilda 11 dyuymli displeyga ega yangi iPad Pro’ni sotuvga chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Hi-Tech.Mail.Ru xabar berdi.

Avvalroq iPad Pro 10,5 dyuymli displeyga ega bo‘lishi hamda Home tugmachasi olib tashlanishi haqida ma’lum qilingandi. Taxminlarga ko‘ra, uning displeyi 11 dyuymga teng bo‘ladi. Shuningdek, maqolada keltirilishicha, 11 dyuymli iPad Pro hamda 12,9 dyuymli yangilangan iPad Pro Apple’ning iyun oyida bo‘lib o‘tadigan Worldwide Developers Conference anjumanida taqdim etiladi.

iPad Pro’ning yangi modeli Face ID hamda sakkiz yadroli ancha tezkor Apple A11X protsessori bilan jihozlanadi.

Shu bilan birga jurnalda qayd etilishicha, Apple 2018-yilning birinchi yarmida iPhone’ning yangi modelini taqdim etishni rejalashtirmayapti.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2018, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 115) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют