» » Toshkent shahridagi diniy idorada maktab o‘quvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahridagi diniy idorada maktab o‘quvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


2018-yil 13-mart kuni diniy idorada O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamkorligida o‘quvchi yoshlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tadbirda Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 157-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 50 nafarga yaqin o‘quvchisi ishtirok etdi.

Tadbir Qur’oni karim tilovati bilan ochildi. Dastlab, o‘quvchilarga diniy idoraning maqsad va vazifalari haqida batafsil ma’lumot berildi. So‘ngra, diniy idora xodimi Is’hoqjon domla Begmatov so‘zga chiqib, ta’lim va tarbiya, odob-axloq, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish mavzusida ma’ruza qildi.

U o‘z nutqida jinoyat sodir etish juda ham og‘ir gunoh ekani, Qur’oni karim oyatlari va hadisi shariflarda bunday xatti-harakatlardan qattiq qaytarilganini jonli misollar orqali ta’sirchan qilib, tushuntirdi. “Bir ishning gunoh ekanini bilgan odam albatta undan qaytadi. Jinoyatning qaysi bir turini olib qaramang, dinimiz, insoniylikka xilofdir. Odam o‘ldirish, o‘g‘rilik, firibgarlik, tovlamachilik — bularning barchasi inson hayotiga zarar”, —  deb ta’kidladi Is’hoqjon domla.

Uchrashuv juda ham ko‘tarinki ruhda, savol-javoblarga boy bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2018, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют