» » Apple xalqaro dasturchilar anjumaning bo‘lib o‘tish sanasini ma’lum qildi

Apple xalqaro dasturchilar anjumaning bo‘lib o‘tish sanasini ma’lum qildi


Joriy yilning 4-iyunidan 8-iyuniga qadar Kaliforniyaning San-Xose shaharida Xalqaro dasturchilar anjumani (Worldwide Developers Conference, WWDC) bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Apple kompaniyasiga asoslanib, “TASS” xabar berdi.

Macrumors portalining ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur anjumanda Apple yangi gadjetlari va dasturiy ta’minotlarini taqdim etadi. Xususan, iOS 12, macOS 10.14, tvOS 12, watchOS5 operastion tizimlari, shuningdek, yangi Home Pod dasturiy ta’minotining taqdimoti kutilmoqda.

Bundan tashqari, WWDC doirasida Apple unchalik qimmat bo‘lmagan MacBook Air modelini hamda Face ID o‘rnatilgan iPad Pro’ni namoyish etishi taxmin qilinmoqda.

2017-yilda Xalqaro dasturchilar anjumanida 75 mamlakatdan turli mutaxassislar ishtirok etgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2018, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют