» » Noma’lum shaxs Bundestag oldida Angela Merkelga hujum qilishga urindi

Noma’lum shaxs Bundestag oldida Angela Merkelga hujum qilishga urindi


Berlin politsiyasi Germaniya kansleri Angela Merkelga hujum qilishga uringan erkakni ushladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Voqea Bundestagga kirish oldida ro‘y berdi.

Merkel parlamentdan chiqib, mamlakat prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer huzuriga borish uchun mashina tomon yo‘l olgan edi. Bir erkak ayolning yoniga yugurib keldi, ammo politsiya tomonidan to‘xtatib qolindi.

Aytilishicha, erkak notanish tilda qichqirgan.

Ayni paytda erkak ushlangan, uning xatti-harakati sabablari o‘rganilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2018, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют