» » Yangiqo‘rg‘onda ilk xususiy bolalar bog‘chasi ish boshladi

Yangiqo‘rg‘onda ilk xususiy bolalar bog‘chasi ish boshladi


Yangiqo‘rg‘onda Namangan viloyati tumanlari orasida birinchilardan bo‘lib ilk xususiy bolalar bog‘chasi ish boshladi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Tumanning “Qo‘riq” mahallasida joylashgan maktabgacha ta’lim muassasasiga “Bilimdon bolajon” deb nom berildi.

— 6 sotixli kottejni 170 million so‘mga sotib oldik. Xonalarni moslashtirish va jihozlashga yana 70 million so‘m sarflandi. Bog‘chamiz 40 o‘rinli bo‘lib, hozirning o‘zida 20 nafar o‘g‘il-qizni qabul qildik. Kelgusida bu yerda rus, ingliz va koreys tillarini o‘rgatish, gimnastika to‘garagini ochishni rejalashtirganmiz, — deydi muassasa rahbari Sevara Saydazimova.

Tumanda bugungi kunda 42 ta davlat maktabgacha ta’lim muassasasi bo‘lib, joriy yilning o‘zida bu safga 12 ta xususiy bolalar bochasi qo‘shilishi ko‘zda tutilgan.

Maskanning ochilish marosimida viloyat hokimi Xayrulla Bozorov ishtirok etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2018, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют