» » Yangiqo‘rg‘onda ehtiyojmand oilalar uchun uy va madaniyat markazi foydalanishga topshirildi

Yangiqo‘rg‘onda ehtiyojmand oilalar uchun uy va madaniyat markazi foydalanishga topshirildi


Namangan viloyatining Yangiqo‘g‘on tumanida yangilangan namunaviy loyihalar asosida bunyod etilgan uy foydalanishga topshirildi. Bu haqda “Daryo”ga tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Tuman markazidagi Beshbuloq dahasida qad rostlagan 3-qavatli, 18 xonadonga mo‘ljallangan uy “Yangiqo‘rg‘on kapital qurilish” MChJ tomonidan 6 oyda qurib bitkazildi. Buning uchun 1,1 milliard so‘m sarflandi. Undagi ikki xonadon nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ajratildi.

“Bolaligimdan 1-guruh nogironiman. Ota-onam o‘tganidan so‘ng akamning qaramog‘ida yashab qelayotgandim. Yangi uydan ikki xonali xonadon berildi. Ichida hamma narsa — yumshoq va qattiq mebel, televizor, gaz plita, kir yuvish mashinasigacha bor. Oldinroq tikuv mashinasi hadya qilishgandi. Dastlabki badal davlat tomonidan to‘lab berildi, qolganini o‘zim mehnat qilib uzaman”, — deydi yangi xonadon sohibalaridan biri Mohira Imomboyeva.

Tumanning Iskovot qishlog‘ida Zarbdor madaniyat va aholi dam olish markazi ham foydalanishga topshirildi. “Yangiqo‘rg‘on qurilish-montaj” MChJ tomonidan kapital ta’mirdan chiqarilgan binoga davlat budjetidan 606 million co‘m xarajat qilindi, moddiy-texnik jihozlar xarid qilish uchun 58 million so‘m ajratildi. 

Qishloqdagi 20 ming aholiga madaniy xizmat ko‘rsatadigan markazda 500 o‘rinli konsert zali, 5 ta to‘garak xonasi mavjud. Ularda folklor, raqs, rubob va doiradan saboq olish mumkin, qizlar uchun esa “Mohir qo‘llar”ga aylanish imkoniyati yaratilgan. 

Ochilish marosimlarida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi va so‘zga chiqdi. 

Опубликовано: admin (27-12-2017, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 82) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют