» » Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga jo‘nab ketdi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan 15-mart kuni amaliy tashrif bilan Ostona shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Tashrif doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining keng ko‘lamli kun tartibiga ega birinchi maslahat uchrashuvida ishtirok etadi. Ushbu uchrashuvni o‘tkazish taklifi Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan BMT Bosh Assambleyasining 2017-yil sentabr oyida o‘tgan 72-sessiyasida ilgari surilgan hamda Samarqand shahrida bo‘lgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzusidagi xalqaro konferensiyada yaxlit dastur darajasigacha rivojlantirilgan edi.

O‘zbekistonning ushbu tashabbusi mintaqaning barcha mamlakatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, Qozog‘iston oliy darajadagi birinchi uchrashuvni Ostonada o‘tkazishni taklif etgandi.

Davlat rahbari shu kuni Qozog‘istonda O‘zbekiston yilining rasmiy ochilish marosimida ishtirok etadi.

Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uchrashuvi ham rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2018, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют