Papua-Yangi Gvineyada 26-fevraldagi zilzila qurbonlari soni 125 kishiga yetdi
26-fevral kuni Papua-Yangi Gvineyada yuz bergan zilzilada kamida 125 kishi halok bo‘ldi, deb yozadi “TASS” mamlakat politsiyasiga tayanib.
“Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, Sauzern-Xaylends provinsiyasida 45 kishi, Xela provinsiyasida 80 kishi halok bo‘lgan”, — dedi Papua-Yangi Gvineya politsiyasi rasmiy vakili. U 35 mingdan ortiq kishi boshpanasiz qolganini aytdi.
Politsiya vakili qurbonlar soni oshishi mumkinligini ta’kidladi, chunki tabiiy ofatga yo‘liqqan ko‘plab qishloqlar olis hududlarda joylashgan, hozircha u yerlardagi vaziyat oxirigacha aniq emas.
O‘z navbatida, BMTning YuNISEF jamg‘armasi ayni paytda Papua-Yangi Gvineyaning 270 mingga yaqin aholisi, shu jumladan, qariyb 125 ming bola shoshilinch gumanitar yordamga muhtoj ekanligini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, 26-fevral kuni Papua-Yangi Gvineyada 7,5 magnitudali zilzila sodir bo‘lgandi.
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!






- отсутствуют
