» » Oq uy Britaniyaning rossiyalik diplomatlarni mamlakatdan chiqarib yuborish borasidagi qarorini qo‘llab-quvvatladi

Oq uy Britaniyaning rossiyalik diplomatlarni mamlakatdan chiqarib yuborish borasidagi qarorini qo‘llab-quvvatladi


Oq uy Buyuk Britaniya Rossiyani razvedka boshqarmasi sobiq polkovniki Sergey Skripal hamda uning qizini zaharlanishiga aloqadorlikda gumonlab, rossiyalik 23 nafar diplomatni mamlakatdan chiqarib yuborish borasidagi qarorini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda Oq uy ma’muriyati matbuot xizmatiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

“AQSh o‘zining yaqin ittifoqdoshi — Buyuk Britaniyaga sodiqdir. AQSh Britaniya fuqarosiga hamda uning qiziga asabni falajlovchi vosita yordamida uyushtirilgan dahshatli hujum borasida Rossiyani ayblayotganiga qo‘shiladi. Biz Buyuk Britaniyaning bunga javob chorasi sifatida rossiyalik diplomatlarni mamlakatdan chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qarorini qo‘llab-quvvatlaymiz”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, ta’kidlanishicha, Rossiyaning harakatlari xalqaro qonunlarga zid bo‘lib, bu orqali u g‘arb demokratik institutlarining faoliyatini buzishga urinmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2018, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют