» » CNN: Britaniya razvedkasi AQShga Tramp jamoasining Rossiya bilan kontaktlari haqidagi ma’lumotlarni topshirdi

CNN: Britaniya razvedkasi AQShga Tramp jamoasining Rossiya bilan kontaktlari haqidagi ma’lumotlarni topshirdi


Buyuk Britaniya va Yevropa razvedka hamjamiyatlari amerikalik hamkasblariga Donald Tramp jamoasining rossiyalik mansabdorlar bilan kontaktlari haqidagi “tasodifan” qo‘lga kiritilgan ma’lumotlarni topshirdi. Bu haqda CNN AQSh kongressidagi hamda Britaniya va Yevropa razvedkalaridagi manbalariga tayanib xabar berdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Razvedka kontaktlarni Rossiyaning rasmiy shaxslari va G‘arb razvedka xizmatlari taniydigan boshqa rossiyaliklarni odatiy tekshirish chog‘ida “tasodifan” qo‘lga kiritgan. Ushbu kontaktlar bir necha oylar davom etgan. Yevropa razvedkasi axborotni amerikalik hamkasblariga ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarning “Besh ko‘z” razvedka alyansi ishi doirasida bergan.

AQSh senatidagi manba ushbu ma’lumotlar o‘rganilishini aytdi. CNN ta’kidlashicha, ehtimol, ular AQSh prezidentligiga saylovlarga “Rossiyaning aralashuvi” haqidagi tekshiruvda hisobga olinadi.

Опубликовано: admin (14-04-2017, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 22) ( 0) ( 20) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют