» » Senegalda vertolyotning halokati oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

Senegalda vertolyotning halokati oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi


14-mart kuni kechqurun Senegal janubida harbiy vertolyotning qulashi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi, 14 kishi jarohatlandi, deb xabar beradi “TASS”.

“Hodisa joyida ish olib borgan qutqaruv xizmatlaridan olingan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, olti kishi halok bo‘lgan, 14 kishi jarohatlangan, ulardan uch nafarining ahvoli og‘ir”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Senegal hukumati hodisani atroflicha o‘rganishi uchun maxsus komissiya tashkil etadi.

Vertolyot bortida hammasi bo‘lib 20 kishi bo‘lgan. Dastlabki yetti nafar jarohatlanganlar mahalliy aholi vakillari tomonidan topilgan va ularga zudlik bilan yordam ko‘rsatilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2018, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют