» » Shavkat Mirziyoyev Oqo‘rda qarorgohida Nursulton Nazarboyev bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Oqo‘rda qarorgohida Nursulton Nazarboyev bilan uchrashdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 15-mart kuni Oqo‘rda qarorgohida uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar berdi Prezident matubot xizmati.

Qozog‘iston prezidenti O‘zbekiston rahbarini tashrif bilan qutlab, Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashishni sog‘inganini ta’kidladi.

“Siz O‘zbekistonda juda katta ishlarni amalga oshirayapsiz va bu butun mintaqamizga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Kecha Tojikiston, bugun Qirg‘iziston prezidentlari bilan gaplashdim. Ular ham sizning siyosiy irodangiz va sa’y-harakatlaringiz xalqlarimizni xursand qilayotganini aytishdi. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining bugungi maslahat uchrashuvi ham sizning tashabbusingiz bilan tashkil etildi. Bu hali boshlanishi. Afg‘oniston masalasi bo‘yicha o‘tkazilayotgan konferensiya ham juda muhim”, – deydi Nursulton Nazarboyev.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston tashabbusini qo‘llab-quvvatlagani va Qozog‘istonga taklif etgani uchun Nursulton Nazarboyevga minnatdorlik bildirdi.

“Keyingi bir yarim yil ichida ikki do‘st, qardosh xalqlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar mutlaqo yangi tizimga tushdi. 2017-yilda o‘zaro tovar ayirboshlash 2 milliard dollarga yetdi. Iqtisodiyotimiz, madaniy-gumanitar aloqalarimiz yanada mustahkamlandi. Eng katta natija – odamlarning kayfiyati”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Uchrashuvda oliy darajadagi muntazam muloqotlar natijasida davlatlararo munosabatlar jadal rivojlanayotgani, avval erishilgan kelishuvlar izchil amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2018, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют