» » Sergey Lavrov 27-mart kuni Afg‘oniston masalasi bo‘yicha Toshkentda bo‘lib o‘tadigan anjumanda ishtirok etadi

Sergey Lavrov 27-mart kuni Afg‘oniston masalasi bo‘yicha Toshkentda bo‘lib o‘tadigan anjumanda ishtirok etadi


Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Afg‘oniston masalasi bo‘yicha 27-mart kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadigan xalqaro anjumanda ishtirok etadi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi, deb xabar berdi “TASS”.

“Sergey Lavrov 27-mart kuni Afg‘oniston bo‘yicha “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” xalqaro anjumanida ishtirok etadi. Anjuman Toshkentda bo‘lib o‘tadi”, — deydi Zaxarova.

Vazirlik rasmiy vakilining so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv Afg‘onistondagi tinchlik jarayonining asosiy tamoyillarini va xavfsizlik masalalari bo‘yicha mintaqaviy hamkorlik yo‘llarini qidirishga, shuningdek, Afg‘onistonga Markaziy Osiyo hamda boshqa mamlakatlardan savdo, tranzit, energetika, madaniy-gumanitar hamkorlarni jalb etish bo‘yicha keng miqyosli xalqaro konsensusni shakllantirishga qaratilgan.

Shuningdek, diplomat Toshkentda bo‘lib o‘tadigan anjuman jahon hamjamiyatining Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun qilayotgan sa’y-harakatining davomi bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladi.

Mavzuga doir: AQSh Toshkentda Afg‘oniston bo‘yicha o‘tkaziladigan konferensiyada qatnashadi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2018, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют