» » O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi yanvar—fevral oylarida salkam 4 milliard dollarni tashkil etdi

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi yanvar—fevral oylarida salkam 4 milliard dollarni tashkil etdi


O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi yanvar—fevral oyida 3,9 milliard dollarni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

Eksport 1,5 milliard dollarni, import esa — 2,4 milliard dollarni tashkil etdi. Tashqi savdo aylanmasi minus 433,9 million dollarga teng bo‘ldi. Energiya tashuvchi va neft mahsulotlari eksportlari o‘tgan yilning ushbu davriga nisabtan 2,7 barobarga o‘sdi, xususan, tabbiy gaz — 3,8 marotaba o‘sgan bo‘lsa, mashina va qurilmalar eksportida 79,7 foiz o‘sish kuzatildi.

Oziq-ovqat mahsulotlari eksporti hajmi bug‘doy eksportining 3,1 marta, meva-sabzavotlar eksportining 36,9 foizga oshishi hisobiga 48,2 foizga o‘sdi.

Eksportning 32,6 foizini (486,1 million dollar) xizmatlar, 23,2 foizi — energiya tashuvchi va neft mahsulotlari (345,7 million), 8,4 foiz — kimyoviy mahsulotlar (126,1 million), 7,4 foiz — qora va rangli metallar (110,4 million), 7 foiz — oziq-ovqat mahsulotlari (104,2 million), 3,1 foiz — mashina va qurilmalar (46 million), 2,6 foiz — paxta tolasi (39,5 millon) hamda 15,7 foiz — boshqa tovar va xizmatlar (234,7 million dollar) tashkil etdi.

Importning asosiy ulushi mashina va qurilmalar — 36,7 foiz (893,2 million dollar) va kimyoviy mahsulotlar — 14,9 foiz (361,7 million) tashkil etdi. Oziq-ovqat tovarlari importi — 13,2 foizga (320,3 million), qora va rangli metallar — 10,5 (255,3 million) foizga, energiya tashuvchi va neft mahsulotlari — 7,7 (186,8 million) foizga hamda xizmatlar — 6,2 (261,2 million) foizga teng bo‘ldi.

Yanvar—fevral oylarida tashqi savdo saldosi minus 939,4 million dollarni, jumladan, MDH davlatlarida — minus 401,4 million dollarni, boshqa mamlakatlar bilan esa minus 538 million dollarni tashkil etdi.

MDH mamlakatlaridan asosiy tashqi savdo hamkorlari Rossiya (25,6 foiz), Qozog‘iston(9,3 foiz), Belarus (2,1 foiz), Ukraina (1,6 foiz), Tojikiston (1,2 foiz) va Qirg‘iziston bo‘lib, tashqi savdo aylanmasining 40,7 foizi ularning ulushiga to‘g‘ri keladi. Boshqa hamkor mamlakatlar — Xitoy (22 foiz), Turkiya (5,8 foiz), Janubiy Koreya (4,8 foiz), Afg‘oniston (2,4 foiz) Germaniya (2,2 foiz), Latviya (1,5 foiz), AQSh (1,1 foiz) va Hindiston ulushiga tashqi savdo aylanmasining 40,9 foizi to‘g‘ri keladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2018, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют