» » Janubiy Koreya sobiq prezidenti Li Myon Bakni so‘roq qilish jarayoni 20 soatdan ortiq davom etdi

Janubiy Koreya sobiq prezidenti Li Myon Bakni so‘roq qilish jarayoni 20 soatdan ortiq davom etdi


Seul markaziy tuman prokuraturasi Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Li Myon Bakni korrupsiya va mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish ishi bo‘yicha so‘roq qilish jarayonini yakunladi. Bu haqda 15-mart kuni “Ryonxap” agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.

Prokuratura xodimlari mamlakatning sobiq prezidentini 21 soatdan ortiq so‘roq qildi. Hozirgi paytda Li Myon Bak uyiga qaytganligi ta’kidlanmoqda.

Prokuratura so‘roq jarayonida prezident Li ayblovlarning katta qismini rad etganligi ta’kidlanmoqda. Shunga qaramasdan, u mamlakat prezidenti ekanligida maslahatchilaridan biri orqali milliy razvedka xizmatidan 100 ming dollarga yaqin mablag‘ olganligini tan olgan. Bundan tashqari, Li Myon o‘z uyini ta’mirlash uchun 6 million dollarga yaqin sarflaganligi, biroq bu pullarni qarzga olganligini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2018, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют