» » Suriyada rossiyalik harbiy xizmatchi halok bo‘lganligi xabar qilindi

Suriyada rossiyalik harbiy xizmatchi halok bo‘lganligi xabar qilindi


Suriyada Rossiya Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchisi 22 yoshli Vladimir Ponomaryov halok bo‘ldi. Bu haqda Conflict Intelligence Team tadqiqot guruhi xabar berdi, deb yozadi Meduza.

14-mart kuni Sol-Iletsk shahrida Ponomaryov bilan vidolashuv haqida Orenday va RIA “Orenburjye” nashrlari ma’lum qildi. Halok bo‘lgan harbiyni dafn etish marosimida uning qarindoshlaridan tashqari Orenburg viloyati vitse-gubernatori Dmitriy Kulagin boshchiligidagi rasmiy shaxslar ham ishtirok etgan.

Ushbu faktlarga asoslanib CIT guruhi Vladimir Ponomaryov “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasining yollanma harbiysi emas, xizmatdagi harbiy ekanligi haqida xulosa qiladi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ponomaryovning halok bo‘lganligi haqida rasman xabar bermadi.

Tadqiqotchilar Ponomaryov Sharqiy Gutada halok bo‘lganligini taxmin qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2018, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют