WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Rossiya javob tariqasida britaniyalik diplomatlarni mamlakatdan chiqarib yuboradi
Rossiya javob tariqasida britaniyalik diplomatlarni mamlakatdan chiqarib yuboradi
Rossiya mamlakatdan bir qator britaniyalik diplomatlarni chiqarib yuboradi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bayonot berdi, deb xabar qiladi Meduza.
Oldinroq 23 nafar rossiyalik diplomat Buyuk Britaniyadan chiqarib yuborilishi xabar qilingan edi. Rossiyalik sobiq harbiy Sergey Skripalning zaharlanishi bilan bog‘liq ish tafsilotlarining oshkor bo‘lishi Britaniya hukumati rahbarining bunday qaroriga turtki bo‘ldi.
Lavrov qachon va qaysi diplomatlar chiqarib yuborilishini aniqlashtirmadi. U dastlab bu ma’lumotlar Londonga yetkazilishini ta’kidladi.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Что нужно улучшить на нашем сайте?