» » Rossiya hujumkor samolyotlari Tojikistondagi mashg‘ulotlarda “jangarilar”ga raketa zarbalari berdi

Rossiya hujumkor samolyotlari Tojikistondagi mashg‘ulotlarda “jangarilar”ga raketa zarbalari berdi


Rossiyaning Su-25SM hujumkor samolyotlari Tojikistondagi qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlari davomida shartli noqonuniy qurolli tuzilmalarga raketa zarbalari berdi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni yordamchisi Yaroslav Roshupkin ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.

“6 ta Su-25SM va 2 ta Su-24MR razvedkachi samolyoti Qirg‘iziston va Chelyabinsk viloyatidagi aviatsiya bazalaridan Dushanbe yaqinidagi Ayniy aerodromiga yetkazildi. Markaziy harbiy okrug operativ-taktik aviatsiyasi Tojikiston harbiy-havo kuchlari bo‘linmalari bilan birgalikda havodan ikki armiya quruqlikdagi qo‘shinlar bo‘linmalariga yordam berdi. Armiyalar respublikaning Xatlon viloyatidagi Harbmaydon poligonida shartli jinoiy guruhlarni qamalga olish va yo‘q qilish bo‘yicha o‘quv-jangovar vazifalarni bajardi”, — dedi Roshchupkin.

Shartli jangarilar tuzilmalariga zarbalar davomida uchuvchilar 100 dan ortiq boshqaruvsiz aviatsiya raketalarini yo‘lladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2018, 07:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют