» » Tojikistondagi o‘quv mashg‘ulotlarida Tu-95MS srtategik raketa tashuvchisi “jangari”lar lagerini yo‘q qildi

Tojikistondagi o‘quv mashg‘ulotlarida Tu-95MS srtategik raketa tashuvchisi “jangari”lar lagerini yo‘q qildi


Tojikistondagi o‘quv mashg‘ulotlari davomida Tu-22M3 bombardimonchi samolyotlari va Tu-95MS strategik raketa tashuvchisi shartli jangarilar lagerini yo‘q qildi. Bu haqda 30-mart, payshanba kuni Rossiya Markaziy harbiy okrugi matbuot xizmati ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

O‘quv mashg‘ulotlari uydirmasiga ko‘ra, bir guruh terrorchilar bir nechta binoni egallab olib, ulardan birida qo‘mondonlik punktini tashkil etdi. Mashg‘ulotlarda ishtirok etgan bo‘linmalar jangarilarni u yerdan quvib chiqarib, “dushman”ning shartli lageri joylashgan tog‘li hududga chekinishga majbur qildi.

“Birlashgan qo‘shinlar guruhi qo‘mondonligi tomonidan lager va o‘q-dorilar omborini yo‘q qilish uchun Tu-95MS raketa tashuvchilari va Tu-22M3 strategik bombardimonchi samolyotlarini qo‘llash to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi. Chekinayotgan dushman kuchlarini yo‘q qilishda Tojikiston Respublikasi batalyon taktik guruhiga Su-25 hujumchi samolyotlari va Mi-24 vertolyotlari ko‘mak berdi”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 27—30-mart kunlari Rossiya va Tojikiston mudofaa vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik rejasiga asosan, birlashgan qo‘shinlar guruhini boshqarish bo‘yicha birgalikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘uloti o‘tkazilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (30-03-2017, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют