» » Ekspert: G‘arb davlatlariga Rossiyaning “Armata” tanki muqobilini yaratish uchun 5 yilgacha vaqt ketadi

Ekspert: G‘arb davlatlariga Rossiyaning “Armata” tanki muqobilini yaratish uchun 5 yilgacha vaqt ketadi


G‘arb davlatlariga Rossiyaning “Armata” T-14 tanki muqobilini yaratish uchun uch yildan 5 yilgacha vaqt ketadi. Bu haqda Shveysariya zobitlar zirhli tank assotsiatsiyasi kapitani Shtefan Byuler ma’lum qildi, deb xabar beradi  Focus Online.

“G‘arb davlatlariga ‘Armata’ T-14 tanki analogini yaratish uchun uch yildan 5 yilgacha vaqt ketadi. Bu vaqt mobaynida Rossiya jangovar mashinani takomillashtirish va undan foydalanish bo‘yicha tajriba to‘plashga muvaffaq bo‘ladi”, — dedi Byuler.

Byulerga ko‘ra, “Armata”ning G‘arbning amaldagi tanklaridan afzalliklaridan biri boshqaruvchisiz minoradan foydalanishda. Bu tufayli jangovar mashina yengilroq va harakatlanishga qulayroq holga keladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2018, 07:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют