» » Mayamida qurilishi bitmagan piyodalar ko‘prigi quladi. Kamida 4 kishi halok bo‘ldi (video)

Mayamida qurilishi bitmagan piyodalar ko‘prigi quladi. Kamida 4 kishi halok bo‘ldi (video)


Mayamidagi (Florida shtati) piyodalar ko‘prigi qulashi oqibatida kamida 4 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Mayami okrugi o‘t o‘chirish boshqarmasi boshlig‘i Deyd Deyv Dauni ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Dauniga ko‘ra, qidiruv va vayronalarni bartaraf etish ishlari davom etmoqda. Rasmiylar qurbonlar soni ortishi mumkinligini bildirdi.

Hodisa oqibatida 10 kishi jarohat oldi va kasalxonaga yetkazildi, ulardan ikki nafari og‘ir holatda. Ko‘prik 8 ta avtomobilni bosib qolgani aytilmoqda.

Mayamidagi mazkur ko‘prik oxirigacha qurib bitkazilmagan, ammo uning 950 tonnalik asosiy qismi o‘tgan dam olish kunlarida o‘rnatilgandi. 7 polosali shosse ustidagi ko‘prik asosan Florida xalqaro universiteti talabalari uchun qurilayotgan, kelgusi yil boshida ochilishi rejalashtirilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2018, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют