» » Rostov-Dondagi aviahalokat qurbonlarining  qarindoshlari Flydubai va Boeing’ga qarshi sudga da’vo kiritdi

Rostov-Dondagi aviahalokat qurbonlarining  qarindoshlari Flydubai va Boeing’ga qarshi sudga da’vo kiritdi


2016-yilning martida Rostov-Donda Flydubai aviakompaniyasining Boeing 737-800 samolyoti halokatida qurbon bo‘lganlarning qarindoshlari shaharning tuman sudiga aviatashuvchi va samolyot ishlab chiqaruvchisiga qarshi tovon undirish bo‘yicha da’vo kiritdi. Bu haqda ularning manfaatlarini ifoda etuvchi advokat Vsevolod Sazonov ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“2018-yilning 15-mart kuni Rostov-Dondagi tuman sudlaridan biriga halok bo‘lganlar qarindoshlaridan biri nomidan Flydubai aviakompaniyasi va Boeing kompaniyasiga qarshi zararni qoplash yuzasidan da’vo kiritildi. Uchinchi shaxslar sifatida Xalqaro aviatsiya qo‘mitasi va ‘Rosaviatsiya’ jalb etilgan”, — deya aniqlik kiritdi advokat.

U qolgan jabrlanuvchilar ham u bilan bog‘lanishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.

2017-yilning noyabrida Vsevolod Sazonov bir nechta qurbonning qarindoshlari Flydubai aviakompaniyasidan tovon undirish bo‘yicha BAA sudiga da’vo kiritganligini ma’lum qilgan edi. Sud jarayoni hozirgacha davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2018, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют