» » O‘zbekistonda fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalashda to‘lanadigan badal puli oshiriladi

O‘zbekistonda fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalashda to‘lanadigan badal puli oshiriladi


Ayni vaqtda O‘zbekiston hukumati Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2008-yilda qabul qilingan “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari” haqidagi qaroriga o‘zgartirishlar kiritish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar berdi UzDaily.

Kiritilishi rejalashtirilayotgan yangiliklardan biriga ko‘ra, fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalashda rangi va mazmuni, shuningdek, qayd etiladigan shaxslar ismining cheklanmaganligi bilan farqlanuvchi ikki turdagi blankalarni joriy etish ko‘zlangan.

Hozirda sug‘urta firmalari universal blankalardan foydalanadi. Biroq qimmatroq tariflardan foydalanishda ismlari ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan shaxslar soni cheklanganligi sabab tegishli qatorga imzo qo‘yiladi, xolos. Birdaniga ikkita blankadan foydalanilishi sug‘urta polisini olish jarayonini yengillashtiradi hamda uni ancha shaffof qiladi.

Shuningdek, keyinchalik fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash sohasidagi barcha operatsiyalar borasidagi ma’lumotlar to‘planuvchi yagona bazani yaratish taklifi ko‘rib chiqilmoqda. Uning mamlakat vazirliklari va idoralarining ma’lumotlar bazalari bilan integratsiyalashuvi mahalliy sug‘urta kompaniyalariga bosqichma-bosqich sug‘urta polislarini onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tkazishga o‘tishga imkonini beradi.

Bundan tashqari, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta qoplamasi miqdorini oshirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash borasidagi to‘lovlarni uch baravardan oshirish kutilmoqda. Hozirgi kunda kompensatsiya sifatida beriladigan 12 million so‘m avtomobil egalariga yetkazilgan zararni to‘liq qoplash uchun yetarli emas. Mazkur sug‘urta to‘lovini 40 million so‘mga qadar oshirish taklif etilmoqda.

Bundan tashqari YTH sodir bo‘lganida huquq-tartibot organlari xodimlarini chaqirmasdan turib hujjatlarni rasmiylashtirishni ta’minlovchi Yevropa protokoli jarayonini joriy etish ham ko‘rib chiqilmoqda.

Bu haydovchilarga yo‘l-transport hodisasini mustaqil ravishda hujjatlashtirish imkonini beradi, shunda yo‘lda tirbandliklarni hosil qilmasdan tezkorlik bilan tarqalib ketib, keyinroq badal pulini olish uchun sug‘urta kompaniyasiga murojaat qilishingiz mumkin bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2018, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют