» » Buyuk Britaniya qirolichasi shahzoda Garri va Megan Marklning turmush qurishlariga rasman rozilik berdi

Buyuk Britaniya qirolichasi shahzoda Garri va Megan Marklning turmush qurishlariga rasman rozilik berdi


Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta Maxfiy kengashga nabirasi shahzoda Garri va amerikalik aktrisa Megan Marklning turmush qurishlariga roziligi bildirilgan rasmiy maktub yo‘lladi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

The Daily Mail nashriga ko‘ra, qirolicha shahzoda Uilyam va Keyt Middlton to‘yi arafasida yuborgan shunday xatida bo‘lajak Kembrij gersoginyasini “sadoqatli va sevimli” deb atagandi. Shahzoda Garrining qallig‘ini esa to‘liq ismi-sharifini aytish bilan cheklandi.

Buyuk Britaniya taxtga vorislik aktiga muvofiq, taxtga da’vogar birinchi olti kishi muhim hodisalardan oldin qirolichaning rozilini olishlari lozim. Aks holda ular Britaniya monarxiyasini boshqarish huquqidan mahrum bo‘ladi.

Hozirda taxtga vorislar ro‘yxatida otasi shahzoda Charlz, akasi shahzoda Uilyam va uning ikki nafar farzandidan so‘ng beshinchi o‘rinda bo‘lib turgan shahzoda Garrining to‘yi joriy yil 19-mayga mo‘ljallangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2018, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 116) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют