» » Britaniyalik uysiz kishi internetga kirib, ish, uy va shuhrat topdi

Britaniyalik uysiz kishi internetga kirib, ish, uy va shuhrat topdi


Britaniyalik uysiz kishining hayoti unga o‘tkinchi bir kishi smartfon sovg‘a qilganidan keyin tubdan o‘zgardi. Bu haqda The Sun xabar berdi.

Charli Xennesi ismli erkak uyli bo‘lish uchun olti yil davomida Londonda ish izlagan, biroq bundan hech narsa chiqmagan. 2018-yilning boshida notanish kishi Xennesiga eski smartfonni berganidan so‘ng vaziyat butunlay o‘zgardi.

Uysiz kishi mahalliy kafe yaqinida bepul Wi-Fi topgan. U Twitter’da ro‘yxatdan o‘tib, postlar yozishni boshlagan. Birinchi tvitlarda Xennesi telefon qayerdan kelgani va tarmoqqa qanday kirgani haqida hikoya qilgan. Keyinroq u mos keluvchi quvvatlash qurilmasini topganini qo‘shimcha qilgan.

Shundan so‘ng u ijtimoiy tarmoqdan o‘zining muammolari va sog‘lik holati haqidagi fikrlarni ulashish uchun foydalana boshlagan. Uning posti uch mingtadan ortiq retvit va sakkiz mingta layk to‘plagan.

Xennesi tarmoqqa kirganidan 24 soat o‘tib, uning birinchi obunachilari paydo bo‘lgan va uning o‘g‘ir holatda ekanligini ko‘rib, uni qo‘llab-quvvatlay boshlagan. Bir haftadan so‘ng uni minglab kishilar kuzata boshlagan. Ba’zilar unga pul bergan va yegulik sotib olishni taklif qilgan.

Keyingi kuni esa Xennesi unga Braytonda ish taklif qilinganini aytgan. U darhol suhbatga borgan: obunachilar tufayli u tunni boshqa shaharda o‘tkazish uchun pul to‘play olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2018, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют