» » Andijonda savdo yarmarkalari ish boshladi

Andijonda savdo yarmarkalari ish boshladi


Navro‘z bayrami arafasida Andijon shahrida savdo yarmarkalari tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Shahar mahallalarida ish boshlagan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkalaridan “Andijongo‘shtsutsavdo”, “Andijonbaliq”, “Elga xizmat” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari, viloyatdagi agrofirmalar, parrandachilik korxonalari va savdo tashkilotlarining, shuningdek, fermer xo‘jaliklari hamda dehqonlar tomonidan yetishtirilgan meva-sabzavot, oziq-ovqat va poliz mahsulotlari o‘rin olgan.

Savdoga qo‘yilgan mahsulotlar narxi bozordagiga nisbatan arzon. Namunali xizmat ko‘rsatilishi, savdolarning bank plastik kartalari orqali yo‘lga qo‘yilgani ko‘pchilikka manzur bo‘lmoqda.

Bu kabi savdo yarmarkalari viloyatning barcha tuman va shaharlari markazlarida ham tashkil etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2018, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 59) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют