» » Telefon o‘yinlariga mukkasidan ketgan xitoylik ayolning miyasida tromblar paydo bo‘ldi

Telefon o‘yinlariga mukkasidan ketgan xitoylik ayolning miyasida tromblar paydo bo‘ldi


Telefon o‘yinlariga berilib ketgan xitoylik ayolning miyasida tromblar paydo bo‘lgani sababli, uni operatsiya qilishga to‘g‘ri keldi, deb xabar beradi Daily Mail.

Ayol Xenandan Guandunga borguniga qadar o‘tadigan 20 soatni o‘rindiqda yonboshlagan holda telefon o‘ynab o‘tkazishga qaror qildi. 47 yoshli ayol manziliga yetib borib, patformadan chiqishi bilan hushini yo‘qotdi. U zudlik bilan shifoxonaga yotqizildi. MRT natijalariga ko‘ra, ayolning miyasida bir nechta tromblar borligi aniqlandi.

Shifokorlarning ta’kidlashicha, tromblar ayolning miyasida uning uzoq muddat bir holatda o‘tirib, telefon o‘ynagani sababli yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin.

Qayd etilishicha, so‘nggi paytlarda bunday holatlar asosan telefon o‘yinlariga qiziquvchi yoshlar o‘rtasida ko‘p uchramoqda.

Ayol operatsiyadan keyin o‘zini yaxshi his qilmoqda, u shifoxonada ham vaqtini telefon o‘ynab o‘tkazmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2018, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют