» » “Atletiko”dan Xitoyga ko‘chib o‘tgan Nikolas Gaytan o‘yin vaqtida hushidan ketdi (video)

“Atletiko”dan Xitoyga ko‘chib o‘tgan Nikolas Gaytan o‘yin vaqtida hushidan ketdi (video)


“Dalyan Ifan”ning argentinalik yarim himoyachisi Nikolas Gaytan Xitoy chempionatida “Beyszin Goan”ga qarshi o‘yin vaqtida (0:3) hushidan ketdi, deb yozmoqda “Championat.com”

Gaytanga birinchilardan bo‘lib, jamoadoshi Yannik Ferreyra-Karrasko yordamga keldi, u maydonga shifokorlar chiqqunicha Gaytanga sun’iy nafas bergan.

Karrasko 2018-yilning qishki transferlari vaqtida Gaytan bilan “Atletiko”dan “Dalyan”ga yo‘l olgan edi. 30 yoshli futbolchi hozirda shifokorlar nazoratida qolmoqda.

Gaytan va Karrasko bilan “Dalyan Ifan” oxirgi uch o‘yinda umumiy 0:13 hisobidagi mag‘lubiyatni qabul qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2018, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют