» » Toshkent viloyatidagi mehmonxonada ko‘ngilxushlik qilib o‘tirgan 6 juft erkak va ayol qo‘lga olindi

Toshkent viloyatidagi mehmonxonada ko‘ngilxushlik qilib o‘tirgan 6 juft erkak va ayol qo‘lga olindi


2018-yil 13-mart kuni Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi Edem Chimgan mehmonxonasida mijozlarga turli xizmatlar ko‘rsatish bilan birga erkak va ayollarga ko‘ngilxushlik qilish uchun sharoit yaratib berilgani haqida ma’lumot kelib tushgan. Toshkent viloyati IIB matbuot xizmatining “Daryo”ga xabar berishicha, holatga oydinlik kiritish maqsadida viloyat Terrorizm va ekstremizmga qarshi urashish boshqarmasi hamda patrul-post xodimlari o‘zaro hamkorlikda tezkor tadbirlar o‘tkazgan.

Shu kuni mehmonxonaning turli xonalaridan 6 juft erkak va ayollar o‘zaro aysh-ishrat qilib o‘tirganligi aniqlandi. Ular orasida Qozog‘iston fuqarosi ham bor.

Qo‘lga olingan shaxslarga nisbatan o‘rnatilgan tartibda qonuniy chora ko‘rish maqsadida Yuqori Chirchiq tuman IIB binosiga olib kelinib, surishtiruv ishlari olib borildi.

Holat yuzasidan Yuqori Chirchiq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2018, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют