» » Filippinda yengil motorli samolyotning qulashi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Filippinda yengil motorli samolyotning qulashi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi


Filippinning Bulakan viloyati Plaridel shaharchasidagi turar joy mavzesida yengil motorli Piper PA-23 Apache samolyoti quladi. “Kommersant” xabariga ko‘ra, aviahalokat oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘lgan.

Qurbonlarning besh nafari samolyot bortida bo‘lgan, yana besh kishi esa ustiga samolyot qulagan bino ichida bo‘lgan. Ularning uch nafari voyaga yetmagan shaxs ekani aytilmoqda.

Xabar berishlaricha, Plaridel — Laoag yo‘nalishi bo‘ylab parvoz qilayotgan samolyot havo ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay qulagan.

Filippin fuqaro aviatsiyasi tashkilotidan ma’lum qilishlaricha, samolyot Lite Air Express aviakompaniyasiga tegishli edi. Joriy hodisa bo‘yicha surishtiruv sabab, aviakompaniya reyslari to‘xtatildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2018, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют