WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Erdo‘g‘on Afrin turk harbiylari tomonidan ishg‘ol etilganini ma’lum qildi
Erdo‘g‘on Afrin turk harbiylari tomonidan ishg‘ol etilganini ma’lum qildi
Suriya shimoli-g‘arbidagi Afrin shahri ishg‘ol etildi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Chanoqqal’adagi jangning 103 yilligiga bag‘ishlangan tadbirdagi chiqishida ma’lum qildi, deya xabar beradi Anadolu.
Davlat rahbariga ko‘ra, 18-mart, yakshanba kuni, mahalliy vaqt bilan 08:30 da Turkiya qurolli kuchlari bo‘linmalari va Suriya muxolifati otryadlari Afrinni terrorchilardan ozod qildi.
“Afrinda terrorchilarning chirkin bayrog‘i emas, balki barqarorlik va xavfsizlikni anglatuvchi Turkiya va Suriya ozod armiyasi bayroqlari hilpiramoqda”, — dedi Erdo‘g‘on.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Что нужно улучшить на нашем сайте?