» » Rossiyada futbol chempionati oldidan O‘zbekiston madaniy merosi namoyish etiladi

Rossiyada futbol chempionati oldidan O‘zbekiston madaniy merosi namoyish etiladi


Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 6—8-iyun kunlari 300 dan ortiq olim va ekspertlar ishtirokida “O‘zbekiston madaniy merosi” xalqaro kongressi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.

Kongressda O‘zbekiston madaniy merosiga bag‘ishlangan oltita kitob-albom, shuningdek Alisher Navoiy hayotligida yozilgan asarlarining faksimile nusxalari taqdim etiladi.

“Kongress o‘tkaziladigan kunlarda Sankt-Peterburgdagi yirik muzeylarda O‘zbekiston madaniy merosi namunalari ko‘rgazmasi ham otkaziladi. Ekspozitsiyalar namoyishi uchun Rossiya etnografik muzeyi, Sharqiy qo‘lyozmalar instituti, Ermitaj, Rossiya milliy kutubxonasi va shu kabi yirik binolardan maydonchalar ajratilgan”, — deyiladi xabarda.

O‘zbekiston madaniyati kunlari Sankt-Peterburg shahrida futbol bo‘yicha chempionat oldidan o‘tkazilayotgani esa unga yanada ko‘proq e’tibor jalb etadi.

Kongress doirasida O‘zbekiston hunarmandlar tomonidan ijodiy laboratoriya o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan. Shuningdek, Rossiya muzeylariga zamonaviy dekorativ-amaliy san’at namunalari ham topshiriladi.

Mavzuga doir: Xorijda saqlanayotgan O‘zbekiston madaniy merosiga oid 20 jildli kitob-albom chop etiladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2018, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют