» » 20–22-mart kunlari Toshkentning qaysi ko‘chalarida harakat cheklanadi?

20–22-mart kunlari Toshkentning qaysi ko‘chalarida harakat cheklanadi?


20–22-mart kunlari Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tadbirlar munosabati bilan poytaxtning ayrim ko‘chalarida avtotransport harakati cheklanadi. Toshkent shahar IIBB YHXB bu ko‘chalar ro‘yxatini e’lon qildi.

20–22-mart kunlari soat 06:00 dan 21:00 gacha:

- Ko‘rgazma ko‘chasi — KHAY ko‘chasidan Korxoji ota ko‘chasiga qadar;

- Sandiqqo‘rg‘on 4-tor ko‘chasi — KHAY ko‘chasidan Korxoji ota ko‘chasiga qadar;

- Sandiqqo‘rg‘on 3-tor ko‘chasi — KHAY ko‘chasidan Korxoji ota 1-tor ko‘chasiga qadar;

- A. Po‘lat ko‘chasi — Ko‘rgazma ko‘chasidan Iftixor ko‘chasiga qadar;

- Usta Shirin ko‘chasi — Ko‘rgazma ko‘chasidan Iftixor ko‘chasiga qadar;

- Korhoji ota 1-tor ko‘chasi — Ko‘rgazma ko‘chasidan Iftixor ko‘chasiga qadar;

- Korhoji ota ko‘chasi — Ko‘rgazma ko‘chasidan Iftixor ko‘chasiga qadar;

- Labzak ko‘chasi — Qodiriy ko‘chasidan Zulfiyaxonim ko‘chasiga qadar;

- Abdulla Qodiriy ko‘chasidan Labzak ko‘chasiga tushish yo‘li.

Shuningdek, 20–22-mart kunlari bayram tadbirlari o‘tkaziladigan madaniyat va istirohat bog‘lariga tutash ko‘chalarda xalq sayli vaqtida vaziyat taqozo etganda transport vositalarining qatnovi vaqtincha to‘xtatilishi rejalashtirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2018, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют