» » Qozog‘istonning markaziy shaharlarida O‘zbekistonga sayohat qilishga chorlovchi bilbord va bannerlar o‘rnatilmoqda

Qozog‘istonning markaziy shaharlarida O‘zbekistonga sayohat qilishga chorlovchi bilbord va bannerlar o‘rnatilmoqda


Qozog‘istonning markaziy shaharlarida O‘zbekistonga sayohat qilishga chorlovchi bilbord va bannerlar o‘rnatilmoqda. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ushbu bilbord va bannerlar dizaynini ishlab chiqib, Qozog‘iston tomoniga tashabbus bilan chiqdi.

Hozirda Ostona, Olmaota va boshqa yirik shaharlarda O‘zbekistonga sayohat qilishga chorlovchi bilbordlarni joylashtirish ishlariga start berildi.

O‘z navbatida, O‘zbekistonning Toshkent, Samarqand, Buxoro kabi yirik shaharlari va viloyatlar markazlarida paritet asosida Qozog‘istonga sayohat qilishga chorlovchi bilbord va bannerlar joylashtiriladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘zbekiston va Qozog‘iston xorijlik sayyohlarga har ikki davlatga borish imkonini beruvchi turistik multivizalar joriy etishi kutilayotgani bildirilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2018, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 69) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют