» » Polsha fuqarosi sodir etmagan jinoyati uchun 18 yil qamoqda o‘tirdi

Polsha fuqarosi sodir etmagan jinoyati uchun 18 yil qamoqda o‘tirdi


Polshalik Tomash Komenda 15 yoshli Malgojata Kvyatovskayani zo‘rlaganlikda va o‘ldirganlikda ayblanib, 25 yilga qamalgan edi, deb xabar beradi TJournal.

U qamoqqa olingan paytda 23 yoshda edi, hozir uning yoshi 42 da. Tomash 18 yil umrini qamoqda o‘tkazganidan so‘ng uning nohaq qamalgani hukumat tomonidan tan olindi.

Kvyatovskaya 1996-yilning dekabr oyida o‘ldirib ketilgan edi. Uning jasadi erta tongda topilgan. Bir kun avval qiz bir necha do‘stlari bilan diskotekaga borgan edi.

Mazkur qotillik yuzasidan ochilgan jinoyat ishi uch yil davom etdi. Biroq uch yildan so‘ng ham ushbu jinoyatni sodir etgan shaxsni jazolash uchun yetmadi.

2016-yilda prokuratura Malgojata Kvyatovskyaning ishiga qayta murojaat qildi.

2017-yilning iyunida esa qizni ko‘p sonli zo‘rlash jinoyatini sodir etgani uchun qamoqda o‘tirgan Irineush M ismli shaxs o‘ldirgani aniqlandi. Shundan so‘ng ushbu jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilgan va 18 yil qamoqda o‘tirgan Tomash Komenda aybsiz deb topildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2018, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют