» » AQSh oliy sudi jinoyatchining aqli zaif bo‘lgani uchun o‘lim jazosini kechiktirdi

AQSh oliy sudi jinoyatchining aqli zaif bo‘lgani uchun o‘lim jazosini kechiktirdi


AQSh oliy sudi aqli zaiflikdan aziyat chekayotgani sababli sodir etgan jinoyatini eslay olmayotgan 67 yoshli Vernon Medison uchun o‘lim jazosini qo‘llashni kechiktirdi, deb xabar beradi “Interfaks”.

25-yanvar kuni Alabama shtati sudi tomonidan Medisonga o‘ldiruvchi inyeksiya qilinishi kerak edi.

Oliy sud qarorni keyinroqqa qoldirish haqida qaror qabul qildi.

Jinoyatchining advokati Medison qilgan jinoyati va unga nisbatan qo‘llaniluvchi jazo turini ham eslay olmayotganini ta’kidlagan.

Medison 1985-yilda politsiyachini o‘ldirgani uchun qamalgan edi. Qamoqda o‘tirgan paytida u bir nech bor insultni boshdan kechirgan. Uning IQ darajasi hozirda 72 ballni tashkil etadi.

2016-yilda ham apellyatsiya sudi Medison uchun o‘lim jazosini ortga surgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2018, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 123) ( 0) ( 121) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют