» » AQSh oliy sudi Samsung bilan patent bahsida Apple tarafini oldi

AQSh oliy sudi Samsung bilan patent bahsida Apple tarafini oldi


AQSh oliy sudi Samsung korporatsiyasining Apple kompaniyasi bilan patent bahsi doirasidagi qaror yuzasidan bergan apellyatsiyasini rad etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

2016-yilda federal apellyatsiya sudi Samsung Apple’ga patent huquqi buzilgani uchun 120 million dollar to‘lashi haqida qaror qabul qilgandi.

Mazkur huquq ekranni blokirovkadan xoli qilish va avtoalmashtirishga taalluqli ekanligi bildirilmoqda.

Oldinroq sud korporatsiyani Apple’ning bir necha patentini o‘zlashtirishda aybdor deb topib, buning evaziga ishlab chiqilgan smartfonlarning 11 modeli sotuvidan olingan jami daromad — 1 milliard dollarni jarima tariqasida to‘lash to‘g‘risida hukm chiqargandi. Biroq Samsung ko‘plab sud jarayonlari davomida mazkur summani kamaytirishga muvaffaq bo‘ldi.

Опубликовано: admin (7-11-2017, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют