» » AQShda 20 yil avvalgi qotillik uchun o‘lim jazosini so‘nggi lahzalarda keyinga qoldirishdi

AQShda 20 yil avvalgi qotillik uchun o‘lim jazosini so‘nggi lahzalarda keyinga qoldirishdi


AQShning Missuri shtati gubernatori qatldan bir necha soat avval 2001-yilda jurnalist ayol Lisha Geylni o‘ldirgani uchun sudlangan Marsellus Uilyamsga nisbatan o‘lim jazosi ijrosini to‘xtatishni buyurdi, deb yozadi Meduza.

Uilyams 1998-yilda St. Louis Post-Dispatch gazetasi jurnalisti Lisha Geylni o‘ldirganlikda ayblanib, hibsga olingan edi. O‘z uyida o‘lik holda topilgan Geylning tanasida pichoq bilan berilgan 43 ta jarohatni aniqlashdi. Tergov versiyasiga ko‘ra, Geyl dushda bo‘lgan vaqtda Uilyams uning xonadoniga o‘g‘rilikka tushgan, ammo ayol o‘g‘rini payqab qolgach, uni to‘xtatishga harakat qilgan. 2001-yilda maslahatchilar sudi uni o‘lim jazosiga mahkum etdi.

Uilyams o‘z aybini tan olmadi, uning advokatlari esa ayblovchi tomon uning qotillika aloqadorligi haqida yetarlicha dalillarni keltirmaganligini ta’kidladi. Uilyamsga nisbatan hukm ustidan ko‘p marta shikoyat arizasi berildi. Oxir-oqibat, 2015-yil yanvarida Missuri shtati Oliy sudi advokatlarga DNK-ekspertiza o‘tkazish uchun imkoniyat berish maqsadida, hukmni ijro etishni to‘xtatib turish haqida qaror qabul qildi.

Advokatlar so‘zlariga ko‘ra, DNK-ekspertiza Uilyams Geylning o‘limida aybdor emasligini ko‘rsatdi. Jinoyat joyidan topilgan biomateriallar tahlili ular shaxsi aniqlanmagan boshqa erkakka tegishli ekanligini ko‘rsatdi. Ekspertiza natijalari bilan tanishib chiqqach, Oliy sud hech qanday izohlarsiz Uilyamsga nisbatan o‘lim jazosini bekor qilishdan bosh tortdi.

Shtatda 22-avgust kuni ijro etilishi kerak bo‘lgan o‘lim jazosiga qarshi kampaniya avj olib ketdi, tegishli petitsiyani 200 mingdan ortiq kishi imzoladi. Natijada qatlga bir necha soat qolganida shtat gubernatori o‘lim jazosini to‘xtatishini e’lon qildi.

Gubernator Uilyamsni afv etishdan bosh tortdi va uning ishini tahlil qilishni maxsus komissiyaga topshirganini aytdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-08-2017, 08:57)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют