» » Xitoyda oxirgi 10 yil ichida o‘lim jazosi “juda kam“ qo‘llanganligi ma’lum qilindi

Xitoyda oxirgi 10 yil ichida o‘lim jazosi “juda kam“ qo‘llanganligi ma’lum qilindi


Xitoy Oliy xalq sudi oxirgi o‘n yil ichida o‘lim jazosini “juda kam”, faqat o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun qo‘llagan. Bu haqda 12-mart, yakshanba kuni Xitoy Oliy xalq sudi raisi Chjou Syan ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Oliy xalq sudi o‘lim jazosiga hukm etish haqidagi qarorlarni ko‘rib chiqish huquqini qaytargandan keyingi o‘n yil davomida sud o‘lim jazosining ijro etilishini qat’iy nazorat qildi va uning juda kam holatlarda, faqat o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etgan jinoyatchilarga nisbatan qo‘llanishini kafolatladi.

Chjou Syan, Xitoy Oliy xalq sudi raisi

Sudning ma’ruzasida o‘lim jazosi hukmlari va ularning ijrolari bo‘yicha hech qanday raqamlar keltirilmagan. Xitoy Jinoyat kodeksining 46 ta moddasi bo‘yicha o‘lim jazosi ko‘zda tutilgan. So‘nggi vaqtlarda korrupsiya uchun o‘lim jazosi belgilanishi ko‘paymoqda.

Xitoy Oliy xalq sudi 2007-yilda quyi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan o‘lim jazolarini qayta ko‘rib chiqish huquqiga ega bo‘lgandi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-03-2017, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют