Erdo‘g‘on Turkiyada o‘lim jazosini tiklash masalasida referendum o‘tkazilishi mumkinligini bildirdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on mamlakatda o‘lim jazosi tiklanishi masalasida referendum o‘tkazilishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Parlament tasdiqlangan taqdirda, o‘lim jazosi tiklanishini ma’qullashim haqida aytgandim. Biroq muammo shundaki, bunday o‘zgarishlar konstitutsiyaga tuzatishlar kiritilishini talab etadi. Mabodo mazkur qonun parlament tomonidan qaytarilsa, ushbu masalada referendum o‘tkazish tashabbusini ilgari surishimiz mumkin. Agar xalq o‘lim jazosini qaytarish uchun ovoz bersa, masala yopiladi.
Rajab Toyyib Erdo‘g‘on, Turkiya prezidenti
Turkiyada oxirgi o‘lim hukmi 1984-yilda amalga oshirilgan edi. Oradan 20 yil o‘tib, 2004-yilda Turkiya konstitutsiyasiga kiritilgan tegishli tuzatishlardan so‘ng, mamlakatda oliy jazo bekor qilingan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Добавить комментарий!
