» » Erdo‘g‘on maslahatchisi: IShIDga barham berilgandan so‘ng, Turkiya Suriyadan chiqib ketadi

Erdo‘g‘on maslahatchisi: IShIDga barham berilgandan so‘ng, Turkiya Suriyadan chiqib ketadi


Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning maslahatchisi Ilnur Chevik IShID terrorchilik tashkiloti ustidan g‘alaba qozonilgandan so‘ng, Turkiya Suriyada qolmasligini ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant.ru”.

Turkiya Suriya ustidan hech qanday nazoratni o‘rnatishni istamaydi, u shunchaki IShID ustidan g‘alaba qozonish, uni yo‘q qilish istagida. Bizning Suriyada qolish niyatimiz yo‘q: IShID ustidan g‘alaba qozonishimiz bilan, agar mamlakat hududi yetarlicha himoyalansa va terrorchilar hech qachon qaytmasligini anglab yetsak, Turkiya ushbu mamlakatda ortiq qolmaydi.

Ilnur Chevik, Turkiya prezidenti maslahatchisi

Eslatib o‘tamiz, Turkiya 2016-yilning 24-avgustida IShID jangarilariga qarshi “Frot qalqoni” operatsiyasini boshlagan edi. Operatsiyadan ko‘zlangan maqsad Suriyaning Turkiya bilan chegarasini terrorchilardan tozalash ekani aytilgan edi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-02-2017, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют