» » Turkiyada harbiy ayollarning hijobdan foydalanishiga ruxsat berildi

Turkiyada harbiy ayollarning hijobdan foydalanishiga ruxsat berildi


Turkiyada ayol harbiy xizmatchilarning hijobdan foydalanishiga nisbatan taqiq bekor qilindi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Turkiyada mazkur masala ko‘p yillardan beri bahslarga sabab bo‘ladi. So‘nggi yillarda maktablar, universitetlarda hijob o‘rashga taqiq bekor qilingan, davlat xizmati va politsiyadagi ayollarga hijobdan foydalanishga ruxsat berilgan edi.

Yangi qoidalarga ko‘ra, armiya zobiti, serjanti va kursanti hisoblangan ayollar hijobdan foydalanishi mumkin. Talabga ko‘ra, ro‘mol harbiy libos rangiga mos bo‘lishi va naqshli bo‘lmasligi lozim.

Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on hijobga taqiqni “o‘tmishning noliberal qoldig‘i” deb atagan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (23-02-2017, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют