» » Litva AQShga harbiy obyektlaridan foydalanish huquqini taqdim etdi

Litva AQShga harbiy obyektlaridan foydalanish huquqini taqdim etdi


Litva parlamenti — Seym mamlakat harbiy obyektlarini AQSh qurolli kuchlari foydalanishi uchun taqdim etish haqidagi shartnomani yakdillik bilan ratifikatsiya qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Hujjat qabul qilinishi uchun 111 nafar deputat ovoz berdi. Mamlakat prezidenti Dali Gribauskayte taklifi bilan shartnoma tezlashtirilgan holatda ratifikatsiya qilindi.

Kelishuvda amerikalik harbiy xizmatchilar mahalliy qonunchilikni buzgan taqdirda ularning ishlarini AQSh sud idoralari ko‘rishi belgilangan.

AQSh bilan hamkorlik haqidagi shunday shartnomalarni joriy yilda Latviya va Estoniya ham imzoladi. Mudofaa sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi ikki tomonlama kelishuvlar AQSh tashabbusi bilan tashkillanmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-02-2017, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют