» » Imom Buxoriy majmuasi rekonstruksiya qilinadi. U yanada salobatli ko‘rinish oladi (video)

Imom Buxoriy majmuasi rekonstruksiya qilinadi. U yanada salobatli ko‘rinish oladi (video)


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifi davomida Imom Buxoriy majmuasini rekonstruksiya qilish loyihasi bilan tanishdi, deya xabar bermoqda “O‘zbekiston 24”.

Majmua joylashgan 448,5 gektar hududda bunyodkorlik ishlari amalga oshiriladi. Xususan, majmuaga eltuvchi 800 metrlik yo‘l barpo etiladi — uning ikki tomoniga turfa gullar, daraxtlar ekiladi.

Yo‘lning ikkinchi boshida sharqona uslubdagi to‘rt qavatli mehmonxona qurish ko‘zda tutilgan. Majmuaning kirish qismini ikki qavatli qilib ko‘tarish, devorlarini esa oq marmar bilan bezash rejalashtirilgan.

Shuningdek, hududda kottedj tipidagi mehmonxonalar, turar joylar, tamaddixonalar, savdo nuqtalari, milliy hunarmandchilik ustaxonalari, tibbiyot maskani, sport maydonlari, avtobus shoh bekatlari, avtoturargohlar va boshqa zarur obyektlarni qurish mo‘ljallangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2018, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют