» » Videoo‘yinlar asosida olingan eng yomon filmlar aniqlandi

Videoo‘yinlar asosida olingan eng yomon filmlar aniqlandi


Vulture jurnali ekspertlari videoo‘yinlar asosida olingan eng yomon filmlarni aniqladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Ro‘yxatda birinchi o‘rinni germaniyalik rejissor Uve Bollning Postal o‘yini negiziga qurilgan shu nomli kartinasi (2007) egalladi.

Ikkinchi o‘ringa Jeyk Jillenxol bosh rolni ijro etgan “Fors shaxzodasi: Vaqt qumlari” filmi “munosib” ko‘rildi. “Kuchli” uchlikdan 2016-yili chiqqan, Maykl Fassbender bosh rolda o‘ynagan Assassin’s Creed filmi o‘rin oldi.

O‘nlikka, shuningdek, Need for Speed, Mortal Kombat 2, Resident Evil 4, Street Fighter va boshqalar kirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2018, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют