» » Sayyorashunoslar Mars yuzasida okeanlar qachon paydo bo‘lganini aniqladi

Sayyorashunoslar Mars yuzasida okeanlar qachon paydo bo‘lganini aniqladi


Mars yuzasidagi ilk okeanlar taxminan 4 milliard yil muqaddam paydo bo‘lgan. Bu oldin aytilgan davrdan 200–300 million yilga oldinroqdir, deb yozadi “RIA Novosti” Nature jurnaliga asoslangan holda.

“Hamkasblarimiz Marsdagi eng yirik vulqon relyefi bo‘lmish Farsida platosi Mars okeanlari tug‘ilishidan oldin, taxminan 3,7 milliard yil muqaddam yuzaga kelgan deb hisoblar edi. Biz okeanlar yo ular bilan bir vaqtda, yoki oldinroq paydo bo‘lganini aniqladik”, — ma’lum qildi Berklidagi Kaliforniya universiteti geologi Maykl Manga.

Oxirgi yillarda olimlar Mars yuzasida qadimda daryolar, ko‘llar va okeanlar bo‘lganiga ko‘plan guvohliklar topdi. Ularda bugungi Shimoliy muz okeanida bo‘lganchalik miqdorda suv borligi aytiladi.

Ayni paytda, sayyorashunoslarning bir qismi qadimgi Mars okeanlar mavjud bo‘lishi uchun juda sovuq bo‘lganini, uning suvi faqat vulqonlar otilgan payti suyuq holatda bo‘lganini aytadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2018, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют