» » Shvetsiyada minglab bolalar bedarak yo‘qolmoqda

Shvetsiyada minglab bolalar bedarak yo‘qolmoqda


So‘nggi to‘rt yil ichida Shvetsiyada deyarli 4,5 ming nafar muhojir bolalar bedarak yo‘qoldi. The Local’ning yozishicha, bu ular tomonidan boshpana so‘rab qilingan murojaatga rad javobi kelganidan so‘ng sodir bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hukumat 4492 nafar bola hozirda qayerda ekanligini bilmaydi. Ushbu raqamlar ichida mamlakatga o‘zi mustaqil va ota-onasi bilan kelgan bolalar bor. Shvetsiya migratsiya agentligining ma’lumotlariga bo‘yicha 2018-yilning dastlabki ikki oyida 223 nafar bola bedarak yo‘qolgan. O‘tgan yilning shu davrida esa ushbu ko‘rsatkich 152 tani tashkil etgan.

Ayni vaqtda Shvetsiyada bu kabi holatlarni nazarda tutuvchi qonun yo‘qligi sabab boshpana so‘rab yo‘qolgan bolalar haqida hech nima ma’lum emas. 2017-yilning oxirida mahalliy ombudsman bolalarning yo‘qolishini bartaraf etishga oid hisobotini taqdim etgan. Xususan, u yo‘qolganlarni qidirishni taklif qilgan. Ammo bu taklifligicha qolib ketgan, amalga oshirilmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 57) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют