» » Bo‘stonliq tog‘larida balandlikdan qulab, qo‘li va oyog‘i singan ayol qutqarib qolindi

Bo‘stonliq tog‘larida balandlikdan qulab, qo‘li va oyog‘i singan ayol qutqarib qolindi


18-mart kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligining tezkor raqamiga Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Uchbov qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqaro tog‘li hududda yo‘qolib qolganligi to‘g‘risidagi murojaat kelib tushdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

“Chimyon” qutqaruv otryadi qutqaruvchilari U. Kuliyev, D. Ochilov, F. Abdiyev va I. Mirzaahmedovlar voqea joyiga zudlik bilan yetib borib, qidiruv ishlarini amalga oshirdi. Natijada qutqaruvchilar tana qismiga ko‘plab jarohat yetgan fuqaroni topishga muvaffaq bo‘ldi.

Aniqlanishicha, jabrlangan ayol tog‘ yonbag‘rida sayr qilish jarayonida ehtiyotsizlik tufayli sirpanib ketib, taxminan to‘rt metr balandlikdan qulab tushgan. Buning oqibatida o‘ng oyog‘ida ochiq sinish, o‘ng qo‘li va chap oyog‘ida sinish holatlari, shuningdek, bosh qismida ham jarohat kuzatilgan.

O‘z vaqtida yordamga kelgan qutqaruvchilar tezda jabrlangan fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bilan birga uni xavfsiz hududga evakuatsiya qilishadi hamda tez yordam xodimlariga topshirdi.

Hozirgi vaqtda jabirlanuvchining ahvoli o‘rta darajada.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan tog‘li hududlarda xavfsizlik qolidalariga rioya qilinishini so‘raydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2018, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют